05.04.2023

8-sonli sement tegirmonini modernizatsiyalash: sement yanchish jarayonini optimallashtirish uchun yopiq sikl ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish ishlari

Biz 8-sonli sement tegirmonini ochiq sikldan yopiq siklli sement yanchishiga o‘tkazish loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqida mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Zamonaviy yondashuv va ilg‘or texnologiyalardan foydalanish jarayonni avtomatlashtirishga va quyidagi afzalliklarga erishishga imkon yaratdi:

1. Klinker, gips va qo‘shimchalarning tegirmonga ma’lum dozalarda yetkazib berilishini aniq nazorat qilish uchun og‘irlik taqsimlash moslamalari.
2. Yuqori xromli yanchish vositalaridan foydalangan holda eng yangi tegirmon ichki uskunalari qo‘llanildi. Sement maydaroq tortilmasi va uning solishtirma yuzasini oshirish uchun ikkinchi kameradagi silindrlar (Silpebs) 40 mm dan 15 mm. gacha diametrda bo‘lgan sharlar bilan almashtirildi.
3. 4-avlod “Osepa” separatori o‘rnatildi. Bu separator sementni keng diapazonda fraksiyalarga ajratish salohiyatiga ega va yuqori darajadagi yanchish maydaligini ta’minlaydi. Separatordagi tutib qoluvchi mexanizm esa yanchilmagan va yot moddalarning tayyor mahsulot ichiga tushishining oldini oladi.
4. Tayyor mahsulotni ajratib olish uchun yangi texnologik xaltali filtr o‘rnatildi va mavjud past samaradorlik bilan ishlaydigan elektrofiltr rekonstruksiya qilindi. Bu atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va atmosferaga chiquvchi chiqindilar miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
5. Unumdorlikning oshishi sarflanayotgan elektr energiyasi miqdorini kamaytiradi va mahsulot tannarxi pasayishini ta’minlaydi.

Kimyoviy va mineralogik tarkibi yuqori barqarorlikka ega klinkerni nam usulda olish, hamda, yopiq siklli yanchish uslubidan foydalanish zavodimiz ishlab chiqarayotgan sementning raqobatchilarimiz mahsulotlaridan ustun bo‘lishini ta’minlaydi. Zavodning akkreditatsiyalangan laboratoriyasi ishlab chiqarilayotgan va sotilayotgan sement sifatini nazorat qiladi.

Biz amalga oshirayotgan bu o‘zgarishlar mijozlarimizga ularning talab-ehtiyojlariga mos keluvchi mahsulotlarni taklif qila olishimizga va bozordagi mavqeimizni mustahkamlashga imkon berishiga ishonamiz. Sifat ustidan qat’iy nazorat va mahsulotlarimiz xususiyatlarini o‘zgartirish imkoniyatlari tufayli zavodimiz mijozlarimizga optimal yechimlar taqdim qilishga doimo tayyor.

Atrof-muhitga minimal darajada zarar yetkazadigan yuqori sifatli sement ishlab chiqarish orqali biz birgalikda barqaror kelajak barpo etamiz.

[contact-form-7 id="406" title="Обратная связь Uz"]