Biz haqimizda

United Cement Group – Markaziy Osiyo bozorida 15 yildan beri faoliyat yurituvchi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar guruhidir.

Kompaniya Qozog’istonda tashkil topib, O’zbekiston va Qirg’izistondagi yirik sement ishlab chiqaruvchi korxonalarini jamladi.

2021 yilning ohirida «Qizilqumsement» AJ qo’shilgach, United Cement Group O’zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida eng yirik sement ishlab chiqaruvchisiga aylandi.

United Cement Groupda 7500dan ortiq xodim ish faoliyatini yuritmoqda. Guruhning amaliyotlari Toshkent va Olmaota shaharlarida joylashgan ikkita bosh ofis orqali boshqariladi.

United Cement Group mintaqning rivojlanishida faol ishtirok etmoqda. Guruh korxonalarining mahsulotlaridan O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’izstondagi eng muhim ahamiyatga ega bo’lgan infratuzilma loyihalari doirasidagi qurilish ishlarida keng foydalaniladi.

Korxona aksiyadorlari va rahbariyati O’zbekistonning sement bozorida  peshqadamlikni saqlab qolish hamda Markaziy Osiyo va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida ishlab chiqarishni kengaytirishni o’z strategik maqsadi deb ko’rmoqda.

Mijozlarimiz. Sement mahsulotlari iqtisodiyotning barcha sohalari uchun ahamiyatini hamda iste’molchilar oldida sifat va uzluksiz yetkazib berish uchun mas’uliyatimizni anglaymiz.

Xodimlarimiz. Sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlash qanchalik qiyinligini yaxshi tushunamiz. Shu bois hodimlarimizga qulay mehnat sharoitlarini yaratishga intilamiz.

Hamkorlarimiz. Biz biznes faoliyatimizni shaffof tarzda yuritamiz hamda doim iste’molchi, yetkazib beruvchi va sarmoyadorlar bilan muzokaralarga ochiq holda yondashamiz.

Atrof muhit: Ishlab chiqaruvchi korxonalarimiz joylashgan hududlarda atrof muhitni saqlab qolish borasida mas’uliyatimizni tushunamiz hamda atrof muhitni muhofaza qilish, energiya samaradorligini oshirish va mahalliy hamjamiyatlarni qo’llab-quvvatlash masalalari ustida izchil ravishda ish olib boramiz.

Amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish modernizatsiyasi va yangi liniyar faoliyati yo’lga qo’yilishini inobatga olgan holda United Cement Group umumiy sementni ishlab chiqarish quvvati 2022 yilning ohiriga kelib 10 million tonnadan oshadi.