28.03.2023

“Bekobod sement” AJ 2-sonli aylanuvchi pechni kapital ta’mirlash ishlarini olib bormoqda.

Mexanik qismdagi bir qator asosiy ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Quyida ulardan ba’zilarini keltirib o‘tamiz:

— Tutun so‘rish qurilmasi: rotor podshipniklari, suv sovutish tizimlarini tekshirish, rotorni demontaj qilish va o‘rnatish, havo so‘ruvchi qurilmaning eskirgan qismlarini almashtirish.
– Shlam bilan to‘yintirish uskunasi: shlam trubasi va spiralini almashtirish, mikser va spiral podshipniklarini, suv ta’minoti ventillari, mikser parraklari va vali, boshqaruv bakini qayta tekshiruvdan o‘tkazish.
— Sovuq uchni shibbalamoq: yorliqlar va trosni almashtirish, qaytuvchi shaybani almashtirish.
— 1-7-sonli ustunlar: podshipniklar, suv sovutish tizimi va moylash tizimlarini qayta tekshiruvdan o‘tkazish, moyni almashtirish, pastki plitalar va tayach nuqtalaridagi yoriqlarni yamash va payvandlash, tayanch roliklarni almashtirish va boshqa ishlar.
— Asosiy uzatma: chayqatish podshipniklari, moylash tizimini qayta tekshiruvdan o‘tkazish, moyni almashtirish, yordamchi iuzatmalarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish.
— Prom bo‘g‘inlari: shpindel, quritgichlar, polzun va vtulkalarni qayta tekshiruvdan o‘tkazish, moyni almashtirish.
— Tojsimon va Tojsimon osti tishli g‘ildiraklari: toj mahkamlagichidagi yoriqlarni yamash va payvandlash, podshipniklardagi bo‘shliqlarni yo‘q qilib qayta tekshiruvdan o‘tkazish, moyni almashtirish, halqa korpusini tiklash, halqani mahkamlovchi boltlarni qoplash va mahkamlab burash, halqa barmoklari va vtulkasini almashtirish.
– Bosh gardish: bo‘sag‘a va oraliq sovutlarni mahkamlovchi boltlarni almashtirish, stakanni almashtirish, bosh gardishdagi yoriqlarni yamash va payvandlash.
— Rekuperator (tiklanish) bloki: o‘rindiq, qisqich va rekuperator ostidagi yoriqlarni yamash va payvandlash, rekuperator korpuslarini qisman almashtirish, taglik va rekuperator sovutini mahkamlovchi boltlarni almashtirish, rekuperator sovutini almashtirish.
— Qaytuvchi klinker konveyeri: KTs2-1300 reduktorini qayta tekshiruvdan o‘tkazish, moyni almashtirish, klinker konveyerining qismini va kovshini almashtirish, boshqariladigan va boshqaradigan (harakatlantiruvchi) valning podshipniklarini tekshiruvdan o‘tkazish, bunkerlarni ta’mirlash, R-50 relsini almashtirish.
— Chang forsunkalari: chang forsunkasi va uchni almashtirish.

“Обжиг” sexidagi 2-pechni kapital ta’mirlash uskunaning ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash, xizmat muddati va unumdorligini oshirishga qaratilgan. Barcha ko‘zda tutilgan ishlar ishlab chiqarish jarayonining uzluksiz va xavfsiz davom etishini ta’minlash uchun yuqori sifat standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.

[contact-form-7 id="406" title="Обратная связь Uz"]