07.01.2023

“United Cement Group” kompaniyasiga “S&P Global Ratings” yetakchi xalqaro reyting agentligi tomonidan ‘ijobiy’ prognozi bilan B+ darajali kredit reytingi berildi.

UCG kompaniyalar guruhi moliyaviy barqarorlikni yaxshilash, korporativ boshqaruv sifatini oshirish va investorlar, xodimlar va jamiyat nazdida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash strategiyasini izchillik bilan amalga oshirib kelmoqda. Ko‘p yillar mobaynida UCG jamoasining barcha korxonalari moliyaviy hisobotlarni MHXS (moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari) standartlariga muvofiq ravishda, “Katta to‘rtlik” ning majburiy auditi bilan birgalikda tayyorlab kelmoqda.

UCG jamoasi 2022-yilda “S&P Global Ratings” yetakchi xalqaro reyting agentligining kredit reytingini olish tartibidan muvaffaqiyatli o‘tish orqali mazkur sohada katta qadam tashladi. Bir necha oy davom etgan tahlil jarayoni davomida reyting tahlilchilari guruhning barcha korxona va bo‘limlarini, mintaqaviy sement bozorining hozirgi holatini har taraflama chuqur o‘rganib chiqishdi, shuningdek, kelajakda kuzatilishi mumkin bo‘lgan rivojlanishning ehtimoliy ssenariylarini baholab chiqishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra UCG jamoasiga B+ kredit reytingi taqdim etildi, bu o‘z navbatida O‘zbekistondagi real sektorda faoliyat yurituvchi nodavlat kompaniyalari orasida eng yuqori reyting ko‘rsatkichi. “S&P Global Ratings” tahlilchilari o‘zlarining reyting xulosasida “United Cement Group” ni O‘zbekiston va Qirg‘izistondagi dinamik o‘suvchi yetakchilik o‘rnini, kompaniyaning biznes tuzilmasini o‘zgartirish jarayonini muvaffaqiyatli o‘tkazganligini, yuqori bo‘lmagan qarz yuklamasi va moliyaviy barqaror holatini ta’kidlab o‘tdilar. Ijobiy prognoz shuni anglatmoqdaki, S&P tahlilchilari kelgusi 12 oy ichida kredit reytingi oshishi ehtimolini taxmin qilmoqdalar.

UCG kompaniyalar guruhining Direktorlar kengashi va Boshqaruv kengashi xalqaro kredit reytingini olish uchun bajarilgan ishlar nafaqat jamoa uchun, balki, butun O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun ham muhim voqea, deya hisoblamoqdalar, chunki bu rivojlanish va jahon iqtisodiyoti bilan davom etilishi kerak bo‘lgan integratsiya strategiyasi to‘g‘ri tanlanganligini ko‘rsatib beradi.“United Cement Group” jamoasi o‘zining investorlar daromadining barqaror o‘sishi, xodimlarning rivojlanishi va mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan uzoq muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlarni davom ettirmoqda.

[contact-form-7 id="406" title="Обратная связь Uz"]