23.05.2022

Yoshlar parkining rasmiy ochilishi

Bekobod sement zavodi Yoshlar parkini butunlay qayta qurdi. Parkining rasmiy ochilish marosimi 23 may kuni bo’lib o’tdi. Yoshlar parki Bekobod shahrida joylashgan. Umumiy hududi 21 gektarga teng. Qayta qurish bo’yicha vazifalarni bajarish maqsadida parkdagi infratuzilma va muhandislik tarmoqlarlar modernizatsiya qilindi. Qurilish ishlarida ko’ngilli tarzda ishtirok etgan «Bekobod sement zavodi» AJning 200 nafar xodimi hamda 600 nafar pudratchi Yoshlar parkini qayta qurishga o’z hissalarini qo’shdilar. Park zamonaviy asbob-uskunalar va 17 attraksionlar bilan jihozlangan, bolalar uchun temir yo’l, avtodrom, o’yin maydonchalari ishga tushurildi, mehmonlar dam olishlari uchun shiyponchalar o’rnatilgan. Umumhalq bayramlari, tomoshalar va konsertlar sahnada o’tkaziladi. Park hududida ko’rgazma, forum va sport musobaqalari ham tashkil etiladi.

[contact-form-7 id="406" title="Обратная связь Uz"]