24.07.2022

«Kant Cement Zavodi» OAJ va «Quvasoysement» AJ o’rtasida tajriba almashish

Xizmat safarida ishtirok etgan «Quvasoysement» AJ jamoasining vakillari «Kant Cement Zavodi» OAJning ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurishdi. Zavodlar xodimlari foydalanilayotgan xomashyoning xossalari, xomashyo shlamini tayyorlash sir-asrorlari, klinkerni kuydirish va sementni maydalash kabi sement ishlab chiqarish texnologiyasiga doir masalalarni muhokama qilishdi. Kompaniyaning asosiy aktivlaridan birini xodimlarning bilimlari tashkil etadi. Tajriba almashish esa xodimlarning kasbiy mahorat darajasini oshirish asbobidir.

[contact-form-7 id="406" title="Обратная связь Uz"]