KORPORATIV BOSHQARUV

United Cement Group Yevropada Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti tomonidan belgilangan korporativ boshqaruvi tamoyillariga qat’iy amal qiladi:

Aksiyadorlar. United Cement Group barcha aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish hamda aksiyadorlar kiritgan kapital bilan bog’liq xavflarni qoplashga yetarli investitsiya daromadni hosil qilishni maqsad qilib qo’ygan.

Manfaatdor taraflar. United Cement Group xodim, iste’molchi, yetkazib beruvchi va boshqa manfaatdor taraflarning qonuniy huquqlarini tan oladi. Biz barqaror zamonaviy korxonani barpo etish maqsadida ular bilan samarali tarzda o’zaro aloqa qilishga intilamiz. 

Hisobdorlik va shaffoflik. United Cement Groupning moliyaviy va amaliyot hisoboti ochiqlangan bo’lib, u bilan erkin tanishish mumkin. Guruhning moliyaviy hisoboti har yili Big4ga kirgan xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan auditdan o’tkaziladi. 

Direktorlar Kengashi. United Cement Group rahbariyati Direktorlar Kengashi tomonidan nazorat qilinadi.