«Qizilqumsement» AJ

«Qizilqumsement» AJ — quruq usulda sementni ishlab chiqarishning ilg’or texnologiyasi hamda texnologik jarayon yuqori darajada avtomatlashtiruvchi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan korxonadir. Zavodning joriy quvvati 3,6 million tonna sementga teng bo’lsada, ayni paytda uni 5,4 million tonnagacha oshirish bo’yicha ishlar olib borilmoqda. Zavod Navoiy shahridan janubi-g’arbda 8 km masofada Toshkent–Samarqand–Buxoro asosiy temir yo’lda joylashgan.

Kompaniya O’zbekiston Respublikasining eng yirik soliq to’lovchilarining yigirmataligidan o’rin olgan ekan, o’z xodimlarini yuqori oylik maoshlar bilan ta’minlab, hayriya ishlari, ijtimoiy loyihalar hamda sportni qo’llab-quvvatlashga mablag’larni ajratadi.

Zavod «Yujgiprosement» (sobiq Sovet Ittifoqi) loyiha instituti tomonidan loyihalashtirilgan. Dastlabki ikkita texnologik liniyalar 1977-1978 yillarda, uchinchisi esa – 1989 yilda ishga tushurilgan. Birinchi va ikkinchi liniyalar ikki tarmoq to’rt bosqich siklonli issiqlikni almashtirib beriuvchi qurilmaga ega diametri 6,4 m va uzunasi 95 m bo’lgan aylanuvchi pechlar bilan jihozlangan. Uchinchi texnologik liniya esa ikki tarmoq to’rt bosqich siklonli issiqlikni almashtirib beriuvchi qurilmaga ega diametri 4,5 m va uzunasi 97,5 m bo’lgan aylanuvchi pechlar hamda dekarbonizator reaktor bilan jihozlangan.

Uchta texnologik liniyalarni yalpi loyihada ko’rsatilgan quvvati yiliga 3,6 million tonna sementni tashkil etadi. Ayni paytda to’rtinchi texnologik liniyani qurish bo’yicha investitsiya dastur amalga oshirilmoqda. Liniya foydalanishga topshirilgach zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 1,8 million tonnaga ortadi.

Korxona o’zining xomashyo bazasi, jumladan ohaktosh, loyli slanets, apobazaltli ortoslanets, kvars va polishatli qum, pellitli tufit va gips toshli ochiq konlarga ega. Ishlab chiqarishda o’zining yuk transporti, kon samosval, buldozer va g’ildarakli old tomon yuk ortuvchi avtomashinalar, temir yo’l stansiyasi va teplovoz deposi faoliyat yuritmoqda.