Главная Новости Vaqt sinovidan o‘tgan g‘amxo‘rlik: UCG zavodlarining 7000 dan ortiq xodimi muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

Vaqt sinovidan o‘tgan g‘amxo‘rlik: UCG zavodlarining 7000 dan ortiq xodimi muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda

06.05.2025

United Cement Group (UCG) uchun insonlarga bo‘lgan g‘amxo‘rlik — bu shunchaki so‘z emas. Bu kompaniya falsafasining ajralmas qismi bo‘lib, korxonalarning kundalik hayotida o‘z ifodasini topgan.

Xodimlarning farovonligini taʼminlashga qaratilgan asosiy tashabbuslardan biri — bu muntazam tibbiy ko‘riklar bo‘lib, ularda guruhga qarashli barcha zavodlar ishchilari ishtirok etadi.

7000 dan ortiq inson — sog‘liqni saqlash dasturining markazida

Bugungi kunda dastur 7000 dan ortiq UCG zavodlari xodimlarini qamrab olgan. Har bir xodim muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib, sog‘ligidagi muammolarni erta bosqichda aniqlash imkoniga ega bo‘ladi.
Bu esa o‘z vaqtida choralar ko‘rish, mehnatga layoqatni saqlash va kasalliklarning oldini olish imkonini beradi.

Tibbiy ko‘rik quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• umumiy tibbiy tekshiruv;
• laboratoriya tahlillari;
• ixtisoslashgan mutaxassislar maslahatlari;
• funksional diagnostika.

Nega bu muhim?

Ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajadagi jismoniy va psixo-emotsional barqarorlikni talab qiladi.
UCG shuni yaxshi tushunadiki, faqat sog‘lom jamoa barqarorlik, xavfsizlik va yuqori natijalarni taʼminlay oladi.

Shuning uchun muntazam tibbiy ko‘riklar kompaniyaning korporativ madaniyatining ajralmas va yaxshi an’anaga aylangan qismidir.

Sog‘liq uchun sarmoya — kelajak uchun sarmoya

Xolding rahbariyati ishchilar salomatligini saqlash va mustahkamlash nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, balki jamiyatning barqaror rivojlanishiga ham hissa qo‘shishini yaxshi biladi.

UCG xodimlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarini rivojlantirishni davom ettiradi.