17.01.2023

2022-yilning noyabr oyidan boshlab “Bekobodsement” AJ korxonasida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Modernizatsiya quruq usulda ishlab chiqarish liniyasining quvvatini 20 foizgacha oshirishga yordam beradi.

Eski jihoz-uskunalarni demontaj qilish va almashtirish ishlari kunu-tun amalga oshiriladi.

Hozirda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:

1. Korpusning eskirgan va yaroqsiz qismlarini almashtirish va С1, С2, С3 siklonli issiqlik almashgichlarga yangi miltillovchi chiroqlarni o‘rnatish.

2. С4 va С5 siklonli issiqlik almashgichlarda o‘tga chidamli beton va o‘tga chidamli g‘ishtlarni quyish va demontaj qilish.

3. Yonish kamerasidagi o‘tga chidamli beton va o‘tga chidamli g‘ishtlarni to‘laligicha almashtirish.

4. Siklonli issiqlik almashgichning gaz uzatish qismidagi o‘tga chidamli betonni almashtirish.

5. Kalsinator pechning pastki qismidagi korpusni qisman almashtirish va o‘tga chidamli beton va o‘tga chidamli g‘ishtlarni almashtirish.

6. Qizdirib biriktirish zonasidagi, pech korpusidagi futerovka (amorf refrakter qoplamali o‘tga chidamli) g‘ishtlarini almashtirish.

7. Bo‘sag‘a plitalari va pech korpusi bo‘sag‘asidagi o‘tga chidamli betonni almashtirish.

8. Aylanib turuvchi pech va muzlatkichning elektr filtrlarini butun korpusni qoplab turuvchi issiqlikdan izolyatsiyalovchi qoplamaga almashtirish.

9. Konditsionerlash minorasining korpusidagi qoplamani to‘liq almashtirish.

10. Klinker ishlab chiqaradigan aylanib turuvchi pech ichidagi o‘tga chidamli va shamotli g‘ishtlarning futerovkasini (amorf refraktor qoplamasini) demontaj va montaj qilish, shuningdek, pechning ichi “HALBOR AR 400” markali aluminosilikat g‘ishtlari bilan futerovka qilish.

11. “Unitherm Cemcom” kompaniyasi mahsuloti bo‘lgan aylanib turuvchi pechning (pastki gorelka) forsunkalarini demontaj qilish va uni ishga tushirish.

12. “Unitherm Cemcom” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Q=60 MVt quvvatga ega “Pilard” markali kalsinator gorelkasini almashtirish.

13. Mavjud bo‘lgan LBTQ 2500 muzlatkichini demontaj qilish va “BTIEC” kompaniyasi masuloti bo‘lgan yangi, 4-avlod КС 4.1 – 0955 muzlatkichini o‘rnatish.

Modernizatsiyalash bo‘yicha olib borilayotgan barcha ishlar kechayu-kunduz Xitoyning “BTIEC” kompaniyasining shef-montaj ishlari bo‘yicha mutaxassislari bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Biz Siz uchun eng yaxshi kelajak barpo etayapmiz!UCG jamoasi.

[contact-form-7 id="406" title="Обратная связь Uz"]